Archives

  • “O‘quv jarayoniga raqamli va innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali talabalar kasbiy bilimini oshirish yo‘llari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman
    No. 1 (2025)

    “O‘quv jarayoniga raqamli va innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali talabalar kasbiy bilimini oshirish yo‘llari” Respublika ilmiy-amaliy anjuman tо‘plamiga О‘zbekiston davlat san‘at va madaniyat instituti hamda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari professor-о‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilari, magistrlar va talabalarining ilmiy maqolalari kiritilgan. Tо‘plamda madaniyat va san‘at, ijtimoiy-iqtisodiy va aniq fanlar sohasi muassasalarining asosiy ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy yо‘nalishlari, raqamli va zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar yordamida о‘qitish tajribalarini qamrab olgan ta‘limining bugungi kun holati, muammolari hamda yechimlari о‘z aksini topgan. Ushbu ilmiy-uslubiy maqolalar tо‘plamidan barcha ixtisoslashgan maktablar, madaniyat va san‘at hamda respublikamizdagi turli о‘rta va oliy ta’lim muassasalari professor-о‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilar, magistr va bakalavrlar hamda mazkur sohaning muammolariga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.

  • “Rejissyorlik va aktyorlik san’ati rivojida innovatsion yondashuvlarning о‘rni” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
    No. 2 (2025)

    Ushbu tо‘plam О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “REJISSYORLIK VA AKTYORLIK SAN’ATI RIVOJIDA INNOVATSION YONDASHUVLARNING O‘RNI” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari asosida tayyorlandi. Mahoratli rejissyorlar, aktyorlar ko‘lami kengayishi uchun kasb mutaxassislarini individual tashabbuskorlikka undashni, innovatsion yondoshuvlar rejissyorlik va aktyorlik san’atida yangi imkoniyatlar, yechimlar va ijodiy yangiliklarni topish. Oliy ta’limda tahsil olayotgan yosh mutaxassislarning kasb mahorati hamda innovatsion kompetentligini rivojlantirish, sohaga oid ilg‘or xorijiy tajribalar, yangi bilim va malakalarni о‘zlashtirish, shuningdek amaliyotga joriy etish kо‘nikmalarini takomillashtirish bilan bog‘liq ilmiy-tahliliy mulohazalari о‘rin olgan.