No. 1 (2025): “O‘quv jarayoniga raqamli va innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali talabalar kasbiy bilimini oshirish yo‘llari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman

“O‘quv jarayoniga raqamli va innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali talabalar kasbiy bilimini oshirish yo‘llari” Respublika ilmiy-amaliy anjuman tо‘plamiga О‘zbekiston davlat san‘at va madaniyat instituti hamda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari professor-о‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilari, magistrlar va talabalarining ilmiy maqolalari kiritilgan. Tо‘plamda madaniyat va san‘at, ijtimoiy-iqtisodiy va aniq fanlar sohasi muassasalarining asosiy ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy yо‘nalishlari, raqamli va zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar yordamida о‘qitish tajribalarini qamrab olgan ta‘limining bugungi kun holati, muammolari hamda yechimlari о‘z aksini topgan. Ushbu ilmiy-uslubiy maqolalar tо‘plamidan barcha ixtisoslashgan maktablar, madaniyat va san‘at hamda respublikamizdagi turli о‘rta va oliy ta’lim muassasalari professor-о‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilar, magistr va bakalavrlar hamda mazkur sohaning muammolariga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.