DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARINING KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH JARAYONIGA SUN’IY INTELLEKTNI TATBIQ ETISH

Authors

  • Alisher Мamatov Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi

Keywords:

davlat fuqarolik xizmatchilari, sun’iy intellekt, kompetensiya, intellektual platforma, raqamli boshqaruv, masofaviy ta’lim

Abstract

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng islohotlar natijasida, davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish, ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida ish yuritish, davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, bunda kadrlarni uzluksiz kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Jumladan, davlat fuqarolik xizmatchilarini hayot davomida o‘rganishlari (lifelong learning) uchun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan raqamli texnologiyalardan foydalanish amaliyoti keng yo‘lga qo‘yilayotganligini ko‘rishimiz mumkin (edu.argos.uz va ilm.argos.uz). Ushbu ilmiy maqolada, davlat fuqarolik xizmatchilarini kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonini yangi bosqichga olib chiqish, unda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali dastlabki bilim va ko‘nikmalarni diagnostik baholash orqali o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan kompetensiyalarni avtomatik taklif etadigan intellektual platformani amaliyotga tatbiq etish, uning ishlash mexanizmlari va samaradorligi bo‘yicha taklif va tavsiyalar keltirib o‘tiladi.

Downloads

Published

2025-04-02

How to Cite

Alisher Мamatov. (2025). DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARINING KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH JARAYONIGA SUN’IY INTELLEKTNI TATBIQ ETISH. Mahalliy Va Xalqaro Konferensiyalar Platformasi, (1), 186–201. Retrieved from https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/29