KOMPYUTER TARMOQLARIDA PHISHING URL MANZILLARNI ANIQLASH USULLARINING TAHLILI
Keywords:
phishing, URL tahlili, kiberxavfsizlik, algoritm, domen, SSL sertifikat, mashinaviy o‘rganish, tarmoq xavfsizligi, WHOIS, IP manzilAbstract
Ushbu maqolada kompyuter tarmoqlarda keng tarqalgan phishing hujumlarining asosiy manbai bo‘lgan zararli URL manzillarni aniqlash muammosi ko‘rib chiqilgan. Phishing URL-lar orqali foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari, login-parollari va moliyaviy axborotlarini qo‘lga kiritish xavfi yuqori ekani ta’kidlangan. Maqolada URL manzillarni tahlil qilish asosida phishingni aniqlash algoritmini ishlab chiqish, xususan, URL strukturasi, domen xususiyatlari, SSL sertifikatlari, uzunlik, maxsus belgilar mavjudligi va shubhali kalit so‘zlar asosida aniqlash usullari yoritilgan. Shuningdek, mashinaviy o‘rganish yondashuvlari orqali phishing hujumlarini aniqlash samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Ish yakunida ishlab chiqilgan algoritm korporativ tarmoqlarda axborot xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan.Downloads
Published
2026-05-28
How to Cite
Doniyorbek Shuxratovich Usmanbayev, & Rayhona Akbarali-qizi Mamataliyeva. (2026). KOMPYUTER TARMOQLARIDA PHISHING URL MANZILLARNI ANIQLASH USULLARINING TAHLILI . Mahalliy Va Xalqaro Konferensiyalar Platformasi, 2(5), 90–91. Retrieved from https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/208
Issue
Section
Articles
