GENERATIV SUN'IY INTELLEKT TA’LIMDA: AFZALLIKLARI, MUAMMOLARI VA KELAJAK ISTIQBOLLARI

Authors

  • Maxsuda Tillashayxova O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

Keywords:

neyron tarmoqlar, sun’iy intellekt, xavfsizlik, ta’lim, texnologiya

Abstract

Ushbu maqola ta’limda generativ-bahslashuv tarmoqlaridan (GAN) foydalanish samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Muallif neyron tarmoqlari va sun’iy intellekt tushunchalari o‘rtasidagi farqni aniqlashtirishdan boshlaydi va generativ sun’iy intellektning rivojlanish tarixi, uning ta’lim sohasiga ta’siri va dolzarbligi haqida so‘z yuritadi. Maqolada generativ sun’iy intellektni ta’limga joriy etishning afzalliklari va muammolari, jumladan, haqiqiylik, xavfsizlik, bog‘liqlik, axloqiy va ishsizlik masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, mahalliy va xorijiy olimlarning bu boradagi tadqiqotlari o‘rganilib, ta’lim jarayonida neyron tarmoq vositalaridan foydalanishning istiqbollari va qiyinchiliklari muhokama qilinadi. Xulosa sifatida, ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati va uning istiqbollari, shuningdek, talabalar va o‘qituvchilarni neyron tarmoqlari bilan ishlashga o‘rgatishning zarurligi ta’kidlanadi.

Downloads

Published

2025-04-02

How to Cite

Maxsuda Tillashayxova. (2025). GENERATIV SUN’IY INTELLEKT TA’LIMDA: AFZALLIKLARI, MUAMMOLARI VA KELAJAK ISTIQBOLLARI. Mahalliy Va Xalqaro Konferensiyalar Platformasi, (2), 356–362. Retrieved from https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/91