TEATR – EZGULIK VA INSONIYLIKKA CHORLOVCHI SAN’AT
Keywords:
Yangi O‘zbekiston, islohotlar, jamiyat, teatr san’ati, davlat siyosatiAbstract
Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘zgarishlar, jamiyat va xalq hayotidagi yangiliklar, teatr san’atining rivojlanishiga e’tiborning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan rejissyorlar, aktyorlar, dramaturglar va teatrshunoslar oldiga mas’uliyatli vazifalarni qo‘ymoqda. Jumladan, 2024 - yilning 22- noyabr kuni e’lon qilingan “Teatrlarning jamiyat, madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 399 - sonli qarorlarida ham aynan yuqorida keltirilgan masalalar bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar belgilab berildi. Unga ko‘ra, insonning jamiyatdagi o‘rni va qadr-qimmatini targ‘ib etuvchi "Inson qadri uchun" ezgu g‘oyasi asosida yangi sahna asarlari yaratish ustuvor vazifa etib belgilandi.