“LISON UT-TAYR” - IRFONIY DOSTON NAMUNASI SIFATIDA
Keywords:
Alisher Navoiy, “Lison ut-tayr”, irfon, tasavvuf, Simurg‘, Hudhud, qushlar ramzi, ilohiy ishq, nafs, ma’naviy kamolot, o‘zlikni anglash, ramziy obraz, komil insonAbstract
Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni irfoniy adabiyotning yirik namunasi sifatida ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Asarda insonning ma’naviy kamolotga erishishi, o‘zligini anglashi, nafsni jilovlashi, ilohiy ishq va haqiqatni izlash jarayoni badiiy timsollar vositasida ifodalangan. Dostonning g‘oyaviy mazmuni, tasavvufiy qarashlari, ramziy obrazlar tizimi hamda qushlarning Simurg‘ sari safar qilishi orqali yoritilgan ruhiy-ma’rifiy bosqichlari tadqiq etiladi. Shuningdek, asarning Sharq mumtoz adabiyoti an’analari bilan aloqasi, Fariduddin Attorning “Mantiq ut-tayr” dostoni bilan mushtarak va o‘ziga xos jihatlari hamda uning axloqiy-tarbiyaviy ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijasida “Lison ut-tayr” insonning ichki olami, ma’naviy poklanishi va komillikka intilishini aks ettiruvchi murakkab irfoniy- badiiy tizim ekanligi asoslanadi.Downloads
Published
2026-10-27
How to Cite
Iroda Odiljon-qizi Olimjanova, Madina Sharifjon-qizi Odilova, Irodaxon Ravshanbek-qizi Abdug‘aniyeva, Xosiyatxon Umarova, & Madina Abdurazzoqova. (2026). “LISON UT-TAYR” - IRFONIY DOSTON NAMUNASI SIFATIDA. Mahalliy Va Xalqaro Konferensiyalar Platformasi, 2(11), 31–35. Retrieved from https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/318
Issue
Section
Articles
