AYLANMA MASHG‘ULOT USULINING KURASHCHILAR JISMONIY TAYYORGARLIGINI OSHIRISHDAGI USLUBIY AHAMIYATI

Authors

  • Nilufar Nozimovna Ne’matova Navoiy davlat pedagogika universiteti

Keywords:

aylanma mashg‘ulot usuli, jismoniy tayyorgarlik, stansiya, maksimal test

Abstract

Ushbu maqolada jismoniy tarbiya va sport amaliyotida keng qo‘llaniladigan aylanma mashg‘ulot usulining uslubiy asoslari, tashkiliy tuzilishi va yuklamani individuallashtirish mexanizmlari tahlil qilingan. Usulning mazmun-mohiyati, “stansiya” prinsipi asosida ish yuritish tartibi, maksimal test yordamida shaxsiy yuklamani belgilash, hamda yurak-qon tomir tizimi holatini puls orqali nazorat qilish tamoyillari yoritilgan. Shuningdek, aylanma mashg‘ulotlarni mashg‘ulot jarayonining qaysi bosqichida qo‘llash maqsadga muvofiqligi, uni tashkil etishda murabbiy zimmasiga yuklanadigan vazifalar va kurash turlari bilan shug‘ullanuvchi sportchilar tayyorgarligida undan foydalanishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot xulosalari aylanma mashg‘ulot usulining mashg‘ulot zichligini oshirish, harakat sifatlarini uyg‘un rivojlantirish va individual yondashuvni ta’minlash borasidagi imkoniyatlarini asoslaydi.

Downloads

Published

2026-09-27

How to Cite

Nilufar Nozimovna Ne’matova. (2026). AYLANMA MASHG‘ULOT USULINING KURASHCHILAR JISMONIY TAYYORGARLIGINI OSHIRISHDAGI USLUBIY AHAMIYATI. Mahalliy Va Xalqaro Konferensiyalar Platformasi, 2(10), 73–76. Retrieved from https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/306