O‘ZBEKISTONDA INFLYATSIYANI MAQSADLI DARAJAGA YO‘NALTIRISH REJIMI: MAQSADNING SILJISHI VA TRANSMISSIYA KANALINING CHEKLOVLARI

Authors

  • Samandar Akbaraliyev Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Namangan filiali

Keywords:

inflyatsiyani maqsadli darajaga yo‘naltirish, asosiy stavka, real foiz stavkasi

Abstract

Maqolada O‘zbekistonda inflyatsiyani maqsadli darajaga yo‘naltirish rejimining amaldagi holati ikki jihatdan tahlil qilinadi. Birinchisi - 5 foizli maqsadning siljishi: u dastlab 2023- yilga belgilangan bo‘lib, to‘rt marta qayta ko‘rilgan va hozirda 2027-yilga, byudjet-soliq strategiyasida esa 2028-yilgacha cho‘zilishi mumkin deb qaraladi. Ikkinchisi - real stavka paradoksi: asosiy stavka 2025-yil martidan buyon 14 foizda o‘zgarmagan, inflyatsiya esa 9,8 foizdan 6,4 foizga pasaygani sababli real stavka 3,7 dan 7,6 foiz bandga, ya’ni ikki barobardan ko‘proq oshdi. Muallif bu “passiv qattiqlashuv” sharoitida ham ichki talabning yuqori qolgani transmissiya kanalining uch cheklovi - boshqariladigan narxlar, stavkaga sezgir bo‘lmagan kredit segmenti va pul o‘tkazmalari orqali shakllanadigan talab bilan bog‘liqligini asoslaydi.

Downloads

Published

2026-09-27

How to Cite

Samandar Akbaraliyev. (2026). O‘ZBEKISTONDA INFLYATSIYANI MAQSADLI DARAJAGA YO‘NALTIRISH REJIMI: MAQSADNING SILJISHI VA TRANSMISSIYA KANALINING CHEKLOVLARI. Mahalliy Va Xalqaro Konferensiyalar Platformasi, 2(10), 50–55. Retrieved from https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/301