PUL O‘TKAZMALARINING MAKROIQTISODIY ROLI: O‘ZBEKISTON UCHUN BARQARORLIK MANBASI YOKI QARAMLIK KANALI?
Keywords:
pul o‘tkazmalari, mehnat migratsiyasi, to‘lov balansi, valyuta kursi, dollarizatsiya, konsentratsiya indeksi, gollandiya kasalligi, qaramlikAbstract
Maqolada 2025-yilda O‘zbekistonga kelgan 18,9 mlrd dollarlik pul o‘tkazmalari makroiqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Muallif bu oqimning miqyosini boshqa valyuta manbalari bilan solishtirib, uch natijani asoslaydi: pul o‘tkazmalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardan 4,3 barobar ko‘p, oltinsiz tovar eksportidan 1,34 barobar yuqori va savdo balansi taqchilligini 139 foizga qoplaydi. Ayni paytda oqimning kelib chiqishi keskin konsentratsiyalangan - bitta mamlakat ulushi 72,4 foiz, konsentratsiya indeksi 5 549 birlik. Alohida e’tibor uch nomuvofiqlikka qaratiladi: rasmiy migrant soniga nisbatan hisoblangan o‘rtacha o‘tkazma yillik 14 ming dollarni tashkil etib, mumkin bo‘lgan ish haqidan yuqori chiqadi; kelgan valyutaning 51,3 foiziga teng miqdorda aholi valyuta xarid qiladi; 2025-yildagi o‘sishning sezilarli qismi hajm emas, kurs effekti hisobiga shakllangan.Downloads
Published
2026-09-27
How to Cite
Samandar Akbaraliyev. (2026). PUL O‘TKAZMALARINING MAKROIQTISODIY ROLI: O‘ZBEKISTON UCHUN BARQARORLIK MANBASI YOKI QARAMLIK KANALI?. Mahalliy Va Xalqaro Konferensiyalar Platformasi, 2(10), 44–49. Retrieved from https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/300
Issue
Section
Articles
