O‘ZBEKISTON SUG‘URTA BOZORINING STRUKTURAVIY NOMUTANOSIBLIKLARI: JADAL O‘SISH VA PAST PENETRATSIYA PARADOKSI
Keywords:
sug‘urta bozori, penetratsiya, sug‘urta zichligi, zarar koeffitsiyenti, hayot sug‘urtasi, aktuariy hisob-kitoblari, sug‘urta zaxiralari, bozor konsentratsiyasiAbstract
Maqolada O‘zbekiston sug‘urta bozorining 2025-yil yakunlari bo‘yicha holati penetratsiya, zichlik va zarar koeffitsiyenti ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilingan. Bozor mukofotlari yil ichida 37,8 foizga o‘sib 13,46 trln so‘mga yetgan bo‘lsa-da, yalpi ichki mahsulotga nisbatan penetratsiya 0,73 foizni tashkil etadi. Muallif to‘rtta strukturaviy nomutanosiblikni aniqlaydi: to‘plangan mukofotlarning atigi 22,1 foizi qoplama sifatida qaytariladi (jahon amaliyotida 50-60 foiz); hayot sug‘urtasi tarmog‘i bozorning 4,4 foizini egallaydi; 36 sug‘urtachiga faqat 7 aktuariy to‘g‘ri keladi; investitsiya portfelining 80,6 foizi depozit va ko‘chmas mulkka joylangan. Shu asosda o‘sishning hozirgi manbasi risk transferi emas, majburiy va bank bilan bog‘liq shartnomalar ekani xulosa qilinadi.Downloads
Published
2026-09-27
How to Cite
Ikromjon Mukhiddinov. (2026). O‘ZBEKISTON SUG‘URTA BOZORINING STRUKTURAVIY NOMUTANOSIBLIKLARI: JADAL O‘SISH VA PAST PENETRATSIYA PARADOKSI. Mahalliy Va Xalqaro Konferensiyalar Platformasi, 2(10), 28–33. Retrieved from https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/297
Issue
Section
Articles
