BOJXONA MA’MURIYATCHILIGINING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI VA SAVDONI OSONLASHTIRISH: O‘ZBEKISTON AMALIYOTINING XALQARO STANDARTLAR NUQTAI NAZARIDAN TAHLILI

Authors

  • Ikromjon Mukhiddinov Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali

Keywords:

bojxona ma’muriyatchiligi, savdoni osonlashtirish, risklarni boshqarish, yashil

Abstract

Maqolada O‘zbekiston bojxona ma’muriyatchiligining 2025-2026-yillardagi raqamli transformatsiyasi Butunjahon bojxona tashkiloti va JSTning savdoni osonlashtirish standartlari nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Rasmiy hisobot ma’lumotlari asosida islohotning ikki asimmetriyasi aniqlanadi: birinchidan, avtomatik rasmiylashtirish eksportda deklaratsiyalarning 51 foizini, importda esa atigi 16 foizini qamrab olgan - ya’ni fiskal funksiya osonlashtirish funksiyasidan ustun turadi; ikkinchidan, berilgan bojxona imtiyozlari hajmi to‘plangan to‘lovlarning 72 foiziga teng bo‘lib, bu tarif tizimining haqiqiy bazasi istisnolar hisobiga yemirilib borayotganini ko‘rsatadi. Muallif islohot samaradorligi jarayon ko‘rsatkichlari (soddalashtirilgan deklaratsiyalar ulushi, yig‘imlarning pasaytirilishi) orqali emas, natija ko‘rsatkichlari (rasmiylashtirish vaqti, xarajat, yashil yo‘lakdan o‘tgan yuklarning keyingi audit natijasi) orqali o‘lchanishi kerak degan xulosaga keladi.

Downloads

Published

2026-09-27

How to Cite

Ikromjon Mukhiddinov. (2026). BOJXONA MA’MURIYATCHILIGINING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI VA SAVDONI OSONLASHTIRISH: O‘ZBEKISTON AMALIYOTINING XALQARO STANDARTLAR NUQTAI NAZARIDAN TAHLILI. Mahalliy Va Xalqaro Konferensiyalar Platformasi, 2(10), 21–27. Retrieved from https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/296