TUSTARIYNING AQLGA OID QARASHLARI

Authors

  • Xolmurod Majitovich Raximov Buxoro davlat universiteti

Keywords:

Tustariy, Suqrot, Platon, Gegel, aql, tafakkur, donishmandlik, haqiqat, borliq, his qilish, komillik, ilohiy qudrat

Abstract

Ushbu maqolada Sahl ibn Abdulloh Tustariyning aql va tafakkur borasidagi fikrlari, sog‘lom aql qanday bо‘lishi kerakligi, aqlning tо‘xtash chegarasi haqidagi qarashlari, hamda faylasuf olimlarning aql tо‘g‘risidagi fikrlari ham yoritilgan. Kalit sо‘zlar: Tustariy, Suqrot, Platon, Gegel, aql, tafakkur, donishmandlik, haqiqat, borliq, his qilish, komillik, ilohiy qudrat Aql insoniyat tafakkuri dialektikasida markaziy о‘rinni egallab kelgan. Chunki tafakkur aql yordamida amalga oshiriladi. Aql va tafakkur borasida qadimgi yunon faylasuflaridan tortib, hozirgi davr mutafakkirlarigacha о‘z fikrlarini, nuqtai nazarlarini aytib kelishgan. Aql insoniyat borliqni anglashidagi asosiy mezondir. Antropologiya va gneosologiya ham aqlga tayanadi. Lekin aql hamma haqiqatni ochib berishga tо‘liq qodir emasligini Suqrot quyidagicha ifodalaydi: “Haqiqatni bilish, haqiqiy bilim hammaga emas, balki ayrim kishilarga, ya’ni, donishmandlar yoki faylasuflargagina nasib etadi. Biroq ular ham bor haqiqatni bilolmaydilar. “Odam, - deydi Suqrot, - hamma narsada oqil, donishmand bо‘lolmaydi, demak, kim nimani bilsa, shu sohada oqil, donishmanddir”. Suqrotga kо‘ra, inson hamma narsani bilishi va aqli yetishi imkonsizdir, lekin bir sohada mukammal ilm hosil qila oladi. Kishining oqil, donishmandligi Xudoning donishmandligiga teng emas, kishi ilohiy donishmandlikni tо‘la idrok etishga qodir emas. Umuman, kishining oqilligi ilohiy kuch oqilligi oldida deyarli hech narsadir. [1, 68] Suqrot ham bandaning donishmandligi Xudoning donishmandligiga teng kela olmasligini e’tirof etmoqda va bandaning aqli Xudoning oqilligi oldida hech narsaligini ta’kidlamoqda. Aqliy bilish hissiy idrokdan xoli bulib, u aqlning о‘zi uchun amalga oshiriladigan intellektual faoliyat turidir. Ushbu bilish turi Aristotelda “fikrlash haqida fikrlash”, Gegelda “sof fikr”, deb ataladi. Tafakkuriy bilish jarayonida aql, idrok qatnashadi, birok u aqliy bilishdek aql uchun emas, balki hissiy narsalarni, obrazlarni, borliqni anglashdir. U hissiy bilish emas, balki aql yordamidagi man-tiqiy, diskursiv bilishdir. Bu о‘rinda aqliy bilish bilan tafakkuriy bilishning farqi bayon qilinmoqda, lekin ikkalasida ham aql ishtirok etadi. Tafakkuriy bilish, Platon talqiniga kо‘ra, aqlu idrok bilan fikrlar о‘rtasida rо‘y beradi. Demak, u aklu idrok ham emas, ular oralig‘ida, aqldan quyida, sezgilardan yuqorida turadi. Ushbu bilishda kishi ma’lum bir aqliy tо‘g‘ri fikrlarga kelsada, ular taxminlar doirasidan chiqolmaydi.[1, 103] Pluton tafakkuriy bilishni taxmin doirasidan chiqa olmasligini ta’kidlaydi. Qizig‘i shundaki, aql “ayyorligi” oddiy kishilarni ham, buyuk shaxs larni ham chetlab о‘tmaydi. Shu tarzda Gegel tarixda buyuk shaxslarning roli muammosiga tо‘xtaladi. Uning fikricha, buyuk shaxslar orqali dunyoviy ruh “hozirgi zamon eshigini taqillatadi”. Tarixiy shaxslar va xalq ommasi bu jarayonda muayyan murakkab munosabatlarni boshdan kechiradi. Ijtimoiy taraqqiyot uchun bu munosabatlarda xalq ommasining faoliyati muhim rol о‘ynaydi. [1, 498] Gegelning fikricha ham aql “ayyor” deb nomlanmoqda va u buyuk shaxslarni ham aldashi mumkinligi keltilgan. Tustariy bu о‘rinda oqil banda faqat о‘zini о‘ylamaydi, balki, doimo boshqalarni g‘amida bо‘lishini, hamda ularga imkoni yetganicha yordam berishini ta’kidlaydi. Chunki, sog‘lom aql shuni taqozo qiladi. Sahl aytdi: “aqlning о‘rni dimog‘dir. Ilmning о‘rni esa miyadir”. Abdurahmon Saqaliy aytdi: “Tustariy bu yerda о‘xshatish qildi. Manfaatli ilm va о‘tkir aqlning о‘rni qalb

Downloads

Published

2026-09-27

How to Cite

Xolmurod Majitovich Raximov. (2026). TUSTARIYNING AQLGA OID QARASHLARI. Mahalliy Va Xalqaro Konferensiyalar Platformasi, 2(10), 8–10. Retrieved from https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/292