RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA KORXONALAR FAOLIYATINING AHAMIYATI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Authors

  • Dilmurod Baxodir-o‘g‘li Xodiyev C-Space Coworking

Keywords:

raqamli iqtisodiyot, raqamli transformatsiya, korxonalar faoliyati, innovatsion texnologiyalar, iqtisodiy rivojlanish

Abstract

Raqamli iqtisodiyot zamonaviy iqtisodiy tizimning muhim elementi sifatida korxonalar faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar tahlili va bulutli hisoblash kabi innovatsion texnologiyalar korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish hamda bozor raqobatbardoshligini kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu tadqiqotda raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalar faoliyatining ahamiyati va rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida raqamli iqtisodiyotning tizimli modeli, korxonalarda qo‘llanilayotgan raqamli texnologiyalar, yetakchi raqamli iqtisodiyotga ega mamlakatlar reytingi hamda global miqyosda raqamli transformatsiyaga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar dinamikasi o‘rganildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish korxonalar samaradorligini oshirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Shu bois korxonalar faoliyatida raqamli transformatsiyani jadallashtirish hamda innovatsion infratuzilmani rivojlantirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Downloads

Published

2026-03-27

How to Cite

Dilmurod Baxodir-o‘g‘li Xodiyev. (2026). RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA KORXONALAR FAOLIYATINING AHAMIYATI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI . Mahalliy Va Xalqaro Konferensiyalar Platformasi, 2(3), 94–97. Retrieved from https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/169