O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA TERMINLAR HOSIL BO‘LISHINING QIYOSIY TAHLILI

Authors

  • Umida Zafarjon-qizi Odilboyeva

Keywords:

terminologiya, termin, termin hosil bo‘lish, lingvistik omillar, qiyosiy tahlil, o‘zbek tili, ingliz tili, morfologik mexanizm, semantik mexanizm

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarida terminlar hosil bo‘lish jarayoni qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda terminologik birliklarning morfologik, semantik va leksik xususiyatlari, shuningdek, har ikki tilning milliy va tipologik o‘ziga xosliklari o‘rganildi. O‘zbek tilida terminlar asosan affiksatsiya, so‘z birikmalari va semantik kengayish yo‘li bilan shakllansa, ingliz tilida kompozitsiya, konversiya va qisqartmalar asosida yaratiladi. Maqola terminlar hosil bo‘lishidagi umumiy va farqli lingvistik omillarni yoritib, terminologiya tizimlarining milliy va tipologik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqot natijalari terminologiya nazariyasi, tarjima amaliyoti va ilmiy-texnik matnlarni normallashtirish sohalari uchun amaliy ahamiyatga ega.

Downloads

Published

2026-01-28

How to Cite

Umida Zafarjon-qizi Odilboyeva. (2026). O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA TERMINLAR HOSIL BO‘LISHINING QIYOSIY TAHLILI . Mahalliy Va Xalqaro Konferensiyalar Platformasi, 2(1), 32–36. Retrieved from https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/134