ANDIJON VILOYATI MUSIQALI DRAMA TEATRINING SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH BOSQICHLARIDA TARIXIY TENDENSIYALAR
Keywords:
Teatr, rejissyor, aktyor, dramaturgiya, drama, ma'rifatparvarAbstract
O‘zbek teatri tarixi, shakllanish va rivojlanish bosqichlari, asosiy komponentlari, yirik namoyandalarining ijodi xususida o‘zbek teatrshunoslik ilmida ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirildi va bugungi kunda ham bu jarayon davom etmoqda. O‘zbek teatr san'atining bir asrlik taraqqiyot yo‘lida nafaqat ushbu hudud, balki butun respublikaning deyarli har bir viloyati hamda poytaxtida joylashgan teatrlarning alohida o‘rni bor. Shu nuqtai nazardan Andijon viloyati musiqali drama teatrining tarixiy rivojlanish bosqichlari, o‘ziga xos talqin va ijro xususiyatlari, yirik namoyandalarining ijodiy faoliyatini ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqolada Andijon viloyati musiqali drama teatri ijodiy faoliyati tadqiqot ishi sifatida Yevropa tipida yuzaga kelishi va rivojlanishi, milliy dramaturgiyasi, rejissurasi, aktyorlik san'ati va ssenografiyasining XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi taraqqiyot bosqichlari, janr va yo‘nalish bo‘yicha rivoji, san'atkorlarning ijodiy faoliyati va boshqa masalalarni qamrab olgan. Ular o‘zbek teatri san'ati haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lishga imkon beradi.