Mahalliy va xalqaro konferensiyalar platformasi
https://confpro.uz/index.php/conference
<p>Mahalliy va xalqaro konferentsiya materiallarini nashr etish platformasi akademik va professional tadbirlarda taqdim etilgan ilmiy ishlarni to'plash, ko'rib chiqish va tarqatish uchun keng qamrovli va samarali tizimni taqdim etadi. Raqamli arxivlash, indekslash integratsiyasi va ochiq kirish imkoniyatlari bilan jihozlangan bo'lib, u tadqiqot natijalarining ko'rinishi va uzoq muddatli foydalanish imkoniyatini ta'minlaydi. Platforma bir nechta formatlarni, jumladan, to'liq maqolalar, tezislar va multimedia kontentini qo'llab-quvvatlaydi, shu bilan birga yuqori nashr standartlarini saqlab qolish uchun o'zaro sharhlarni boshqarish va tahrirlash vositalarini taklif qiladi. Global bilim almashinuvini rag'batlantirish orqali u turli fanlar bo'yicha konferentsiya hissalarining ta'sirini kuchaytiradi.</p>en-USMahalliy va xalqaro konferensiyalar platformasiDUNYO DINLARIDA EZGULIK, BAG‘RIKENGLIK VA INSONPARVARLIK G‘OYALARINING UMUMINSONIY AHAMIYATI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/312
Ushbu maqolada dunyo dinlarida ezgulik, bag‘rikenglik va insonparvarlik g‘oyalarining mazmun-mohiyati hamda ularning umuminsoniy qadriyatlar tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Islom, xristianlik, buddaviylik va boshqa diniy an’analarda mehr-oqibat, rahm-shafqat, adolat, tinchlik va o‘zaro hurmat tamoyillarining namoyon bo‘lishi yoritiladi. Shuningdek, dinlararo muloqotning jamiyatda ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalash va turli madaniyat vakillari o‘rtasida o‘zaro anglashuvni rivojlantirishdagi ahamiyati ochib beriladi.Umidaxon Muhtorova
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-271169TARBIYACHI VA BOLA MUNOSABATLARINING MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSIXOLOGIK RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/313
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik rivojlanishida tarbiyachi va bola o‘rtasidagi munosabatlarning o‘rni tahlil qilinadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachining bolaga munosabati, muloqot uslubi, pedagogik qo‘llab-quvvatlashi, individual xususiyatlarni hisobga olishi va emotsional munosabatlari bolaning bilish jarayonlari, emotsional holati, ijtimoiy moslashuvi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va shaxsiy sifatlarining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishi asoslab beriladi.Mushtariy Usmonxon-qizi KarimovaMadina AbdumalikovaTurg‘unoy Abdullayevna MatbabayevaMadinaxon Nozimjon-qizi Raxmonaliyeva
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-27111013O‘SMIRLARNING XAVOTIRLANISH DARAJASI VA AKADEMIK MUVAFFAQIYATI O‘RTASIDAGI MUNOSABAT
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/314
Mazkur maqolada o‘smirlik davrida kuzatiladigan xavotirlanish darajasi va akademik muvaffaqiyat o‘rtasidagi psixologik munosabatlar tahlil qilinadi. O‘smirlik davri shaxsning emotsional, kognitiv va ijtimoiy rivojlanishida muhim bosqich bo‘lib, ushbu davrda o‘quv faoliyatiga qo‘yiladigan talablarning ortishi, tengdoshlar bilan munosabatlar, ota-ona va o‘qituvchilarning kutishlari hamda kelajak haqidagi tasavvurlar xavotirlanish holatlarining kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkin.Niholaxon Ikromjon-qizi TursunovaJasmina Shavkatjon-qizi Mo‘minovaShoxro‘h G‘anisher-o‘g‘li ToshtemirovAdxamjon Murodillayevich Turayev
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-27111417PSIXOSOMATIK KASALLIKLARNING KELIB CHIQISHIDA STRESS VA PSIXOLOGIK OMILLARNING ROLI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/315
Ushbu maqolada psixosomatik kasalliklarning rivojlanishida stress va psixologik omillarning o‘rni, ruhiy holat bilan jismoniy salomatlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik hamda surunkali stressning organizm faoliyatiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, xavotir, depressiv holatlar, emotsional zo‘riqish, ichki ziddiyatlar va uzoq davom etuvchi ruhiy bosimning inson salomatligiga ta’sir qilish mexanizmlari tahlil qilingan. Psixosomatik muammolarni oldini olishda stressni boshqarish, psixologik yordam, sog‘lom turmush tarzi va tibbiy-psixologik hamkorlikning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan.Nazokat Nurmuxammatovna Xolmirzayeva
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-27111821O‘SMIR QIZLARDA DEVIAND XULQ-ATVOR SHAKLLANISHINING IJTIMOIY- PSIXOLOGIK OMILLARI VA ULAR BILAN ISHLASH METODIKASI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/316
Ushbu maqolada o‘smir qizlar o‘rtasida deviant(me’yordan og’ishgan) xulq- atvorning kelib chiqish sabablari, ularning ijtimoiy-psixologik va emotsional xususiyatlari hamda ushbu guruh bilan olib borilgan psixologik-korreksion va profilaktik ishlarnining samarali tizimi yoritilgan. Shuningdek oila, ta’lim, tengdoshlar muxiti yani kimlar bilan yaqin aloqadaligi va jamiyatning ta’siri taxlil qilinadi. Maqolada deviand xulqli qizlar bilan ishlashda individual yondashuv, ishonchli muloqot, psixologik qo‘llab-quvvatlash muximligi ko‘rsatilgan.Kamolaxon Ikromjon-qizi Akbaraliyeva
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-27112225XAMSANAVISLIK AN’ANASI, “XAMSA” ASARINING TALQINI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/317
Mazkur maqolada Sharq mumtoz adabiyotida shakllangan xamsanavislik an’anasi, uning tarixiy taraqqiyot bosqichlari hamda Alisher Navoiyning “Xamsa” asaridagi badiiy- falsafiy talqin xususiyatlari tahlil qilinadi. Xamsanavislikning adabiy-estetik mohiyati, besh dostondan iborat yaxlit asar yaratish tamoyillari, an’ana va ijodiy yangilik munosabatlari ilmiy- nazariy jihatdan yoritiladi. Xususan, Nizomiy Ganjaviy asos solgan xamsachilik an’anasining Amir Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ijodida davom ettirilishi qiyosiy nuqtayi nazardan ko‘rib chiqiladi.Gulsanam Abdurashid-qizi AzimovaMardona Sherzodbek-qizi AbdulazizovaDildora Maqsudali-qizi SobirovaSaidaxon Marufjon-qizi Bekmirzayeva
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-27112630“LISON UT-TAYR” - IRFONIY DOSTON NAMUNASI SIFATIDA
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/318
Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni irfoniy adabiyotning yirik namunasi sifatida ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Asarda insonning ma’naviy kamolotga erishishi, o‘zligini anglashi, nafsni jilovlashi, ilohiy ishq va haqiqatni izlash jarayoni badiiy timsollar vositasida ifodalangan. Dostonning g‘oyaviy mazmuni, tasavvufiy qarashlari, ramziy obrazlar tizimi hamda qushlarning Simurg‘ sari safar qilishi orqali yoritilgan ruhiy-ma’rifiy bosqichlari tadqiq etiladi. Shuningdek, asarning Sharq mumtoz adabiyoti an’analari bilan aloqasi, Fariduddin Attorning “Mantiq ut-tayr” dostoni bilan mushtarak va o‘ziga xos jihatlari hamda uning axloqiy-tarbiyaviy ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijasida “Lison ut-tayr” insonning ichki olami, ma’naviy poklanishi va komillikka intilishini aks ettiruvchi murakkab irfoniy- badiiy tizim ekanligi asoslanadi.Iroda Odiljon-qizi OlimjanovaMadina Sharifjon-qizi OdilovaIrodaxon Ravshanbek-qizi Abdug‘aniyevaXosiyatxon UmarovaMadina Abdurazzoqova
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-27113135ALISHER NAVOIYNING ILMIY MEROSI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/319
Mazkur maqolada buyuk mutafakkir, davlat arbobi va mumtoz o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Alisher Navoiyning ilmiy merosi, uning tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix, axloqshunoslik va tasavvufiy tafakkur rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Mutafakkirning “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Mezon ul-avzon”, “Majolis un-nafois”, “Mahbub ul-qulub”, “Tarixi anbiyo va hukamo” hamda boshqa asarlaridagi ilmiy-nazariy qarashlar o‘rganiladi. Shuningdek, Navoiyning turkiy tilning adabiy va ilmiy imkoniyatlarini namoyon etish, badiiy ijod nazariyasini rivojlantirish, adabiy muhit vakillari faoliyatini o‘rganish va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni targ‘ib etish borasidagi xizmatlari yoritiladi.Xusnora Sirojiddin-qizi RahimovaGulbahor Abdunosir-qizi DehqanovaMohlaroy Xudoybergan-qizi G‘anibekovaDilnoza Ahmadali-qizi Yuqubjanova
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-27113640MEHRGA TASHNA QALBLAR: “O‘GAY ONA” ASARIDAN OLGAN TAASSUROTLARIM
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/320
Ushbu maqolada Ahmad Lutfiy Qozonchidan ilhomlanib balki uning asarlari qanchalik haqiqat ekanligi bolalarning nolalari onalarning azoblari haqida,otalarning qanchalik chorasiz qolganini isbotlab beradi. Har bir oila to’liq va baxtlik bo’lishi kerak.Sevaraxon Akramjon-qizi Toshboyeva
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-27114143“FARHOD VA SHIRIN” DOSTONINING TIMSOLLAR OLAMI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/321
Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni timsollar olami, obrazlar tizimi va ularning g‘oyaviy-badiiy vazifalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Dostondagi Farhod, Shirin, Xusrav, Mehinbonu, Shopur va boshqa obrazlarning xarakter xususiyatlari, o‘zaro munosabatlari hamda asarning asosiy g‘oyasini ochib berishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, tog‘, tosh, suv, mehnat va ishq bilan bog‘liq badiiy timsollarning ramziy mazmuni, ularning qahramonlar ruhiyati va voqealar rivoji bilan aloqasi o‘rganiladi.Muqaddas Hayotbek-qizi ShavkatovaDilafruz Nabijon-qizi IrisboyevaMadina Doniyor-qizi Ro‘ziboyevaSarvinoz Diyorbek-qizi Abduraxmonova
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-27114448MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA EMOTSIONAL INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/322
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda emotsional intellektning shakllanishi va rivojlanishining psixologik xususiyatlari tahlil qilingan. Emotsional intellekt bolaning o‘z emotsiyalarini anglash, ularni nomlash va ifodalash, hissiy holatini boshqarish, boshqa insonlarning emotsiyalarini tushunish hamda empatik munosabat bildirish qobiliyatlari bilan bog‘liq murakkab psixologik hodisa sifatida yoritilgan.Nozimaxon Hayitali-qizi AbduxalilovaMaxliyoxon Ilxomjon-qizi UsmonovaMaftunaxon Dilmurod-qizi MirzaraximovaMashrabxon Shuxrat-qizi Xakimova
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-27114952MAKTAB O‘QUVCHILARIDA O‘QUV MOTIVATSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/323
Mazkur maqolada maktab o‘quvchilarida o‘quv motivatsiyasini shakllantirish va rivojlantirishning psixologik omillari tahlil qilinadi. O‘quv motivatsiyasi o‘quvchining bilim olishga bo‘lgan qiziqishi, ta’lim jarayonidagi faolligi, o‘z oldiga maqsad qo‘yishi hamda o‘quv faoliyatida barqaror ishtirok etishini ta’minlovchi muhim psixologik mexanizm sifatida qaraladi. Tadqiqot doirasida motivatsiyaning ichki va tashqi shakllari, o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi, o‘z- o‘zini baholashi, muvaffaqiyatga intilishi, o‘qituvchi bilan munosabati, sinfdagi psixologik muhit va ota-onaning qo‘llab-quvvatlashi kabi omillarning o‘quv motivatsiyasiga ta’siri nazariy jihatdan tahlil qilindi.Halimabonu Qodir-qizi IsroilovaSayyoraxon Mo‘minjon-qizi AshurovaSarvinoz Dilshodbek-qizi OdilovaNozimaxon Abdukarim-qizi Ashuraliyeva
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-27115357IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALAR BILAN ISHLASHDA MAHALLA IJTIMOIY XODIMINING PSIXOLOGIK YONDASHUVI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/324
Mazkur maqolada ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlashda mahalla ijtimoiy xodimining psixologik yondashuvining mazmuni va ahamiyati tahlil qilinadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarda moddiy qiyinchiliklar bilan bir qatorda psixologik zo‘riqish, ijtimoiy ajralish, o‘ziga ishonchning pasayishi, oilaviy nizolar, farzandlar tarbiyasidagi muammolar va kelajakka nisbatan xavotir kabi holatlar kuzatilishi mumkin. Shu sababli bunday oilalar bilan ishlashda faqat moddiy yoki ma’muriy yordam ko‘rsatish bilan cheklanmasdan, ularning psixologik ehtiyojlarini aniqlash va individual yondashuv asosida qo‘llab-quvvatlash muhim hisoblanadi.Munojat Nomonjanovna Tojibayeva
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-27115861ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARINING KASBIY STRESSINI KAMAYTIRISHDA PSIXOLOGIK TRENINGLARNING ROLI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/325
Mazkur maqolada ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy stressini kamaytirishda psixologik treninglarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyati yuqori mas’uliyat, vaqt tanqisligi, xavfli va kutilmagan vaziyatlar, nizolar, fuqarolar bilan murakkab muloqot hamda doimiy emotsional zo‘riqish bilan bog‘liq. Bunday sharoitlar xodimlarda stress, emotsional charchoq, xavotir va psixologik zo‘riqishning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.Muslimbek Erkinjon-o‘g‘li MaxmudovMuxammadjon Nayimjon-o‘g‘li YoqubjonovIbroximjon Bahodirjon-o‘g‘li ToyirjonovBoburbek Shuxratjon-o‘g‘li Xakimov
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-27116265MAHALLADA OILAVIY MUNOSABATLARNI MUSTAHKAMLASHNING PSIXOLOGIK OMILLARI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/326
Mazkur maqolada mahalla muhitida oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga ta’sir etuvchi psixologik omillar tahlil qilinadi. Oilaning barqarorligi va sog‘lom psixologik muhitini ta’minlashda oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, ishonch, samarali muloqot, emotsional qo‘llab- quvvatlash, mas’uliyatni to‘g‘ri taqsimlash hamda nizolarni konstruktiv hal etish ko‘nikmalarining ahamiyati yoritiladi.Omadoy Solijon-qizi SobirovaMamuraxon Abdukarimovna DexqonovaMuxayyoxon Yoqubjon-qizi MeliboyevaMadinabonu Ma’murjon-qizi Dexqonova
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-27116669SPORT MAKTABI O‘QUVCHILARIDA DEVIANT XULQ-ATVORNING OLDINI OLISHDA SPORT FAOLIYATI VA IIB PROFILAKTIK HAMKORLIGINING PSIXOLOGIK ASOSLARI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/327
Mazkur maqolada sport maktabi o‘quvchilarida deviant xulq-atvorning oldini olishda sport faoliyati va ichki ishlar organlari (IIB) bilan profilaktik hamkorlikning psixologik asoslari tahlil qilinadi. O‘smirlik davrida shaxsning ijtimoiy tajribasi, o‘zini anglash darajasi, tengdoshlar ta’siriga munosabati, emotsional barqarorligi va xulq-atvor me’yorlari faol shakllanishi sababli ushbu yosh davrida turli xil deviant xatti-harakatlarning yuzaga kelish xavfi ortishi mumkin.Siddiqjon Sodiqjon-o‘g‘li SulaymonovFeruzbek Muxiddin-o‘g‘li XosilovMuxriddin Mirzali-o‘g‘li Ashuraliyev
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-27117074OTA-ONA VA BOLA MUNOSABATLARINING MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR EMOTSIONAL HOLATIGA TA’SIRI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/328
Mazkur maqolada ota-ona va bola munosabatlarining maktabgacha yoshdagi bolalar emotsional holatiga ta’siri psixologik jihatdan tahlil qilinadi. Maktabgacha yosh davri bolaning shaxsiyati, o‘z-o‘zini anglash jarayoni, emotsional reaksiyalari va ijtimoiy munosabatlari jadal shakllanadigan muhim rivojlanish bosqichi hisoblanadi. Ushbu davrda ota-onaning mehr- muhabbati, e’tibori, qo‘llab-quvvatlashi, tarbiyaviy talablari va bola bilan muloqot uslubi uning emotsional barqarorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.Zaynabxon Nodirbek-qizi XamidovaMohiraxon Akram-qizi ErgashevaKomilabonu Murod-qizi MuxtorovaIrodaxon Nodir-qizi Nosirova
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-27117578MAKTAB O‘QUVCHILARIDA STRESSNI YENGISH STRATEGIYALARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/329
Mazkur maqolada maktab o‘quvchilarida stressni yengish strategiyalarining psixologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Maktab davrida o‘quv yuklamasining ortishi, nazorat va imtihonlar, baholash, tengdoshlar bilan munosabatlar, o‘qituvchi va ota-onalarning talablari hamda shaxsiy muammolar o‘quvchilarda turli darajadagi stress holatlarini yuzaga keltirishi mumkin. Stressni yengish strategiyalari o‘quvchining qiyin vaziyatni qanday qabul qilishi, unga qanday munosabatda bo‘lishi va muammoni bartaraf etish uchun qanday psixologik hamda xulq-atvor usullaridan foydalanishini ifodalaydi.Madina Abdumutalovna AshurovaAbdushukur Aggoshox-o‘g‘li AxmadjonovMavludaxon Minojiddin-qizi KomilovaMexinbonu Ilxomjon-qizi Komilova
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-27117982SHAXSNING PSIXOLOGIK BARQARORLIGINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/330
Mazkur maqolada shaxsning psixologik barqarorligini rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlari, ularning psixologik mohiyati va amaliy imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Psixologik barqarorlikning stressli vaziyatlarga moslashish, emotsional o‘zini o‘zi boshqarish, kognitiv qayta baholash, muammolarni hal etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va refleksiv faoliyat bilan bog‘liq jihatlari yoritilgan.Maftuna Baxtiyor-qizi Azimova
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-27118386MAHALLADA NIZOLI OILALAR BILAN PSIXOLOGIK ISHLASHNING SAMARALI USULLARI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/331
Mazkur maqolada mahalla sharoitida nizoli oilalar bilan psixologik ishlashning samarali usullari tahlil qilinadi. Oilaviy nizolarning kelib chiqishiga ta’sir etuvchi psixologik va ijtimoiy omillar, jumladan, oila a’zolari o‘rtasidagi muloqotning buzilishi, o‘zaro ishonchning pasayishi, emotsional zo‘riqish, mas’uliyatning noto‘g‘ri taqsimlanishi, moddiy va maishiy muammolar hamda tarbiyaviy qarashlardagi farqlar yoritiladi.Saidaxon Yusubjonovna Jolilova
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-27118789MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA PSIXOLOGIK MUHITNING BOLANING RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/332
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida shakllanadigan psixologik muhitning bolaning psixologik, emotsional, ijtimoiy va intellektual rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Maktabgacha yosh davrida bolaning shaxsiy sifatlari, bilish jarayonlari, muloqot ko‘nikmalari va emotsional barqarorligi faol shakllanishi sababli ta’lim-tarbiya muhitining mazmuni alohida ahamiyat kasb etadi.Dilnozaxon Abduvoxid-qizi MirvaliyevaGulnora Rasulovna Mirzasharipova
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-27119093O‘QUVCHILARDA STRESSNI YENGISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK USULLARI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/333
O‘zbek tilida. Mazkur maqolada o‘quvchilarda stressni yengish ko‘nikmalarini shakllantirishning psixologik usullari, stressning o‘quv faoliyatiga ta’siri hamda psixologik yordam ko‘rsatish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, stressni kamaytirishda relaksatsiya, nafas mashqlari, ijobiy fikrlash va psixologik treninglarning ahamiyati ko‘rib chiqilgan.Gulbaxor Muxammadjon-qizi O‘rinboyevaDilshodaxon Abdumalik-qizi To‘xtasinovaAxrorbek Zokirjon-o‘g‘li OtaxonovKomilxon Qodirjon-o‘g‘li To‘lqinov
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-27119497YOSHLARNING IJTIMOIY MOSLASHUVIDA PSIXOLOGIK QO‘LLAB- QUVVATLASHNING O‘RNI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/334
Mazkur maqolada yoshlarning ijtimoiy moslashuvi jarayonining psixologik xususiyatlari, unga ta’sir etuvchi individual va ijtimoiy omillar hamda psixologik qo‘llab- quvvatlashning ahamiyati yoritilgan. Yoshlarning yangi ijtimoiy muhitga moslashishi, shaxslararo munosabatlarni shakllantirishi, mustaqil qaror qabul qilishi va ijtimoiy faolligini rivojlantirishda oila, ta’lim muassasasi, tengdoshlar jamoasi va psixologik xizmatning o‘rni tahlil qilingan.Gulbaxor Axrorovna Saidjanova
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-271198101TALABALARDA EMOTSIONAL INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/335
Mazkur maqolada talabalarda emotsional intellektni rivojlantirishning psixologik omillari, uning shaxs kamoloti, ijtimoiy moslashuv, samarali muloqot va o‘quv faoliyatidagi ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Emotsional intellekt tushunchasining mazmuni, hissiyotlarni anglash va boshqarish, empatiya, o‘zini o‘zi nazorat qilish, ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish kabi tarkibiy qismlari yoritilgan. Shuningdek, talabalarda emotsional intellektni rivojlantirishda o‘zini anglash, motivatsiya, refleksiya, ijtimoiy muhit, psixologik treninglar va pedagogik qo‘llab-quvvatlashning o‘rni asoslangan. Maqola yakunida oliy ta’lim muassasalarida emotsional intellektni rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.Mohichehra Samandarova
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-2711102106O‘Z-O‘ZINI BAHOLASH VA HAYOTIY MUVAFFAQIYAT O‘RTASIDAGI PSIXOLOGIK BOG‘LIQLIK
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/336
Mazkur maqolada o‘z-o‘zini baholashning psixologik mohiyati, uning shaxsning hayotiy muvaffaqiyatga erishishidagi o‘rni hamda o‘zini anglash, motivatsiya, o‘ziga ishonch va ijtimoiy munosabatlar bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilingan. Shuningdek, o‘z-o‘zini baholashning yuqori, past va adekvat shakllari, ularning insonning qaror qabul qilishi, qiyinchiliklarni yengib o‘tishi va shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishiga ta’siri yoritilgan. Shaxsda sog‘lom o‘z- o‘zini baholashni rivojlantirishga qaratilgan psixologik-pedagogik tavsiyalar ishlab chiqilgan.Muqaddam Muxtorjon-qizi Soliyeva
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-2711107110IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ AHOLI QATLAMLARIDA PSIXOLOGIK BARQARORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/337
Ushbu maqolada ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarida psixologik barqarorlikni rivojlantirishning nazariy asoslari, psixologik va ijtimoiy omillari hamda zamonaviy mexanizmlari tahlil qilingan. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning murakkab hayotiy vaziyatlarga moslashishi, hissiy zo‘riqishlarni yengib o‘tishi, ijtimoiy munosabatlarni tiklashi va mustaqil hayot faoliyatini davom ettirishida psixologik barqarorlikning ahamiyati yoritilgan.Mo‘tabar Dilshodovna Xasanova
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-2711111114ILMIY-TEXNIK VA INTELLEKTUAL IQTISODIYOT SHAROITIDA OLIY TEXNIK TA’LIMNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/338
Ushbu maqolada ilmiy-texnik va intellektual iqtisodiyot sharoitida oliy texnik ta’limning rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Maqolada texnologiyalar va raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi, yangi iqtisodiy sharoitda texnik kadrlarni tayyorlash, oliy ta’lim tizimining yangilanishi va ta’limning innovatsion iqtisodiyotga ta’siri haqida so‘z boradi. Yangi ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlar orqali texnik soha mutaxassislarining tayyorlanishi iqtisodiyotning global raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.Ma’murjon Yangiboyevich Xo‘jjiyev
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-2711115117AMALIY LOYIHA: MUAYYAN FAN BO‘YICHA O‘QUV DASTURLARINI ISHLAB CHIQISH METODOLOGIYASI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/339
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida kompetensiyaviy yondashuv asosida muayyan fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amaliy loyihalash metodologiyasi tadqiq etiladi. Maqolada ADDIE, Backward Design (Teskari loyihalash) va Bloom taksonomiyasi kabi xalqaro metodologik modellar tahlil qilinib, ularni O‘zbekiston ta’lim tizimiga tatbiq etish bosqichlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida o‘quv dasturining sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan amaliy tavsiyalar hamda metodik freymvork ishlab chiqilgan.Zuhraxon Mansurjon-qizi NasibaliyevaShahnoza Mamirova
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-2711118120IELTS TESTINING MAZMUNI, TUZILISHI, KOMPETENSIYAVIY TALABLARI VA MAVJUD TAYYORLOV METODIKALARINI TAKOMILLASHTIRISH ZARURATI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/340
Tezisda IELTS imtihonining mazmuni, tuzilishi va kompetensiyaviy talablari tahlil qilinib, asosiy e’tibor IELTS Academic yozma va og‘zaki nutq qismlarining baholash mezonlariga qaratiladi. Mavjud tayyorlov amaliyotida individual diagnostika, muntazam fikr- mulohaza va qayta ishlash bosqichlarini kuchaytirish zarurati asoslanadi. O‘qituvchi rahbarligida sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishning ehtimoliy metodik imkoniyatlari va cheklovlari ko‘rsatiladi.Zarnigor Mirzayeva
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-2711121122TURKMANISTON MEHNAT HUQUQINING ASOSIY PRINSIPLARI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/341
Maqolada Turkmaniston mehnat huquqining asosiy prinsiplari, ularning milliy mehnat qonunchiligida mustahkamlanish xususiyatlari va huquqiy mazmuni tahlil qilingan. Turkmanistonda mehnat huquqi prinsiplari alohida tizimlashtirilgan ro‘yxat shaklida emas, balki bevosita amal qiluvchi huquqiy normalar mazmunida ifodalanganligi asoslantirilgan. Shuningdek, mehnat huquqi prinsiplarini normativ jihatdan tizimlashtirish va ularning zamonaviy mehnat munosabatlaridagi ahamiyatini oshirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan xulosalar shakllantirilgan.Miryoqub Aktamovich Raximov
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-2711123126SUT VA SUT MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASH SANOATI KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNING ILMIY YONDASHUVLARI
https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/342
Maqolada sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash sanoati korxonalarida ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari ko‘rib chiqiladi. Tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, xomashyoning tez buziluvchanligi, mavsumiy taklif o‘zgarishlari hamda moddiy va energetik resurslarga talabning yuqoriligi samaradorlikni ta’minlashda muhim omillar sifatida yoritiladi. Dissertatsiyada bayon etilgan resurslarga asoslangan yondashuv, aylanma iqtisodiyot, tejamkor ishlab chiqarish, raqamli transformatsiya va tizimli-jarayonli yondashuvlarning mazmuni tahlil qilinadi. Ushbu yondashuvlarning sutni qayta ishlash korxonalarida xomashyo, moddiy-texnik, moliyaviy, mehnat va energetika resurslarini boshqarish bilan bog‘liqligi ochib beriladi.Charosxon Jurat-qizi Ataxanova
Copyright (c) 2026
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-10-272026-10-2711127131