https://confpro.uz/index.php/conference/issue/feedMahalliy va xalqaro konferensiyalar platformasi2026-10-27T17:41:55+05:00S.B.Olmanovconfproplatform@gmail.comOpen Journal Systems<p>Mahalliy va xalqaro konferentsiya materiallarini nashr etish platformasi akademik va professional tadbirlarda taqdim etilgan ilmiy ishlarni to'plash, ko'rib chiqish va tarqatish uchun keng qamrovli va samarali tizimni taqdim etadi. Raqamli arxivlash, indekslash integratsiyasi va ochiq kirish imkoniyatlari bilan jihozlangan bo'lib, u tadqiqot natijalarining ko'rinishi va uzoq muddatli foydalanish imkoniyatini ta'minlaydi. Platforma bir nechta formatlarni, jumladan, to'liq maqolalar, tezislar va multimedia kontentini qo'llab-quvvatlaydi, shu bilan birga yuqori nashr standartlarini saqlab qolish uchun o'zaro sharhlarni boshqarish va tahrirlash vositalarini taklif qiladi. Global bilim almashinuvini rag'batlantirish orqali u turli fanlar bo'yicha konferentsiya hissalarining ta'sirini kuchaytiradi.</p>https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/312DUNYO DINLARIDA EZGULIK, BAG‘RIKENGLIK VA INSONPARVARLIK G‘OYALARINING UMUMINSONIY AHAMIYATI2026-10-27T17:37:38+05:00Umidaxon MuhtorovaUshbu maqolada dunyo dinlarida ezgulik, bag‘rikenglik va insonparvarlik g‘oyalarining mazmun-mohiyati hamda ularning umuminsoniy qadriyatlar tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Islom, xristianlik, buddaviylik va boshqa diniy an’analarda mehr-oqibat, rahm-shafqat, adolat, tinchlik va o‘zaro hurmat tamoyillarining namoyon bo‘lishi yoritiladi. Shuningdek, dinlararo muloqotning jamiyatda ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalash va turli madaniyat vakillari o‘rtasida o‘zaro anglashuvni rivojlantirishdagi ahamiyati ochib beriladi.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/313TARBIYACHI VA BOLA MUNOSABATLARINING MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSIXOLOGIK RIVOJLANISHIGA TA’SIRI2026-10-27T17:37:39+05:00Mushtariy Usmonxon-qizi KarimovaMadina AbdumalikovaTurg‘unoy Abdullayevna MatbabayevaMadinaxon Nozimjon-qizi RaxmonaliyevaMazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik rivojlanishida tarbiyachi va bola o‘rtasidagi munosabatlarning o‘rni tahlil qilinadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachining bolaga munosabati, muloqot uslubi, pedagogik qo‘llab-quvvatlashi, individual xususiyatlarni hisobga olishi va emotsional munosabatlari bolaning bilish jarayonlari, emotsional holati, ijtimoiy moslashuvi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va shaxsiy sifatlarining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishi asoslab beriladi.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/314O‘SMIRLARNING XAVOTIRLANISH DARAJASI VA AKADEMIK MUVAFFAQIYATI O‘RTASIDAGI MUNOSABAT2026-10-27T17:37:41+05:00Niholaxon Ikromjon-qizi TursunovaJasmina Shavkatjon-qizi Mo‘minovaShoxro‘h G‘anisher-o‘g‘li ToshtemirovAdxamjon Murodillayevich TurayevMazkur maqolada o‘smirlik davrida kuzatiladigan xavotirlanish darajasi va akademik muvaffaqiyat o‘rtasidagi psixologik munosabatlar tahlil qilinadi. O‘smirlik davri shaxsning emotsional, kognitiv va ijtimoiy rivojlanishida muhim bosqich bo‘lib, ushbu davrda o‘quv faoliyatiga qo‘yiladigan talablarning ortishi, tengdoshlar bilan munosabatlar, ota-ona va o‘qituvchilarning kutishlari hamda kelajak haqidagi tasavvurlar xavotirlanish holatlarining kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkin.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/315PSIXOSOMATIK KASALLIKLARNING KELIB CHIQISHIDA STRESS VA PSIXOLOGIK OMILLARNING ROLI2026-10-27T17:37:43+05:00Nazokat Nurmuxammatovna XolmirzayevaUshbu maqolada psixosomatik kasalliklarning rivojlanishida stress va psixologik omillarning o‘rni, ruhiy holat bilan jismoniy salomatlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik hamda surunkali stressning organizm faoliyatiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, xavotir, depressiv holatlar, emotsional zo‘riqish, ichki ziddiyatlar va uzoq davom etuvchi ruhiy bosimning inson salomatligiga ta’sir qilish mexanizmlari tahlil qilingan. Psixosomatik muammolarni oldini olishda stressni boshqarish, psixologik yordam, sog‘lom turmush tarzi va tibbiy-psixologik hamkorlikning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/316O‘SMIR QIZLARDA DEVIAND XULQ-ATVOR SHAKLLANISHINING IJTIMOIY- PSIXOLOGIK OMILLARI VA ULAR BILAN ISHLASH METODIKASI2026-10-27T17:37:45+05:00Kamolaxon Ikromjon-qizi AkbaraliyevaUshbu maqolada o‘smir qizlar o‘rtasida deviant(me’yordan og’ishgan) xulq- atvorning kelib chiqish sabablari, ularning ijtimoiy-psixologik va emotsional xususiyatlari hamda ushbu guruh bilan olib borilgan psixologik-korreksion va profilaktik ishlarnining samarali tizimi yoritilgan. Shuningdek oila, ta’lim, tengdoshlar muxiti yani kimlar bilan yaqin aloqadaligi va jamiyatning ta’siri taxlil qilinadi. Maqolada deviand xulqli qizlar bilan ishlashda individual yondashuv, ishonchli muloqot, psixologik qo‘llab-quvvatlash muximligi ko‘rsatilgan.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/317XAMSANAVISLIK AN’ANASI, “XAMSA” ASARINING TALQINI2026-10-27T17:37:46+05:00Gulsanam Abdurashid-qizi AzimovaMardona Sherzodbek-qizi AbdulazizovaDildora Maqsudali-qizi SobirovaSaidaxon Marufjon-qizi BekmirzayevaMazkur maqolada Sharq mumtoz adabiyotida shakllangan xamsanavislik an’anasi, uning tarixiy taraqqiyot bosqichlari hamda Alisher Navoiyning “Xamsa” asaridagi badiiy- falsafiy talqin xususiyatlari tahlil qilinadi. Xamsanavislikning adabiy-estetik mohiyati, besh dostondan iborat yaxlit asar yaratish tamoyillari, an’ana va ijodiy yangilik munosabatlari ilmiy- nazariy jihatdan yoritiladi. Xususan, Nizomiy Ganjaviy asos solgan xamsachilik an’anasining Amir Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ijodida davom ettirilishi qiyosiy nuqtayi nazardan ko‘rib chiqiladi.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/318“LISON UT-TAYR” - IRFONIY DOSTON NAMUNASI SIFATIDA2026-10-27T17:37:48+05:00Iroda Odiljon-qizi OlimjanovaMadina Sharifjon-qizi OdilovaIrodaxon Ravshanbek-qizi Abdug‘aniyevaXosiyatxon UmarovaMadina AbdurazzoqovaMazkur maqolada Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni irfoniy adabiyotning yirik namunasi sifatida ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Asarda insonning ma’naviy kamolotga erishishi, o‘zligini anglashi, nafsni jilovlashi, ilohiy ishq va haqiqatni izlash jarayoni badiiy timsollar vositasida ifodalangan. Dostonning g‘oyaviy mazmuni, tasavvufiy qarashlari, ramziy obrazlar tizimi hamda qushlarning Simurg‘ sari safar qilishi orqali yoritilgan ruhiy-ma’rifiy bosqichlari tadqiq etiladi. Shuningdek, asarning Sharq mumtoz adabiyoti an’analari bilan aloqasi, Fariduddin Attorning “Mantiq ut-tayr” dostoni bilan mushtarak va o‘ziga xos jihatlari hamda uning axloqiy-tarbiyaviy ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijasida “Lison ut-tayr” insonning ichki olami, ma’naviy poklanishi va komillikka intilishini aks ettiruvchi murakkab irfoniy- badiiy tizim ekanligi asoslanadi.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/319ALISHER NAVOIYNING ILMIY MEROSI2026-10-27T17:37:50+05:00Xusnora Sirojiddin-qizi RahimovaGulbahor Abdunosir-qizi DehqanovaMohlaroy Xudoybergan-qizi G‘anibekovaDilnoza Ahmadali-qizi YuqubjanovaMazkur maqolada buyuk mutafakkir, davlat arbobi va mumtoz o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Alisher Navoiyning ilmiy merosi, uning tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix, axloqshunoslik va tasavvufiy tafakkur rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Mutafakkirning “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Mezon ul-avzon”, “Majolis un-nafois”, “Mahbub ul-qulub”, “Tarixi anbiyo va hukamo” hamda boshqa asarlaridagi ilmiy-nazariy qarashlar o‘rganiladi. Shuningdek, Navoiyning turkiy tilning adabiy va ilmiy imkoniyatlarini namoyon etish, badiiy ijod nazariyasini rivojlantirish, adabiy muhit vakillari faoliyatini o‘rganish va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni targ‘ib etish borasidagi xizmatlari yoritiladi.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/320MEHRGA TASHNA QALBLAR: “O‘GAY ONA” ASARIDAN OLGAN TAASSUROTLARIM2026-10-27T17:37:52+05:00Sevaraxon Akramjon-qizi ToshboyevaUshbu maqolada Ahmad Lutfiy Qozonchidan ilhomlanib balki uning asarlari qanchalik haqiqat ekanligi bolalarning nolalari onalarning azoblari haqida,otalarning qanchalik chorasiz qolganini isbotlab beradi. Har bir oila to’liq va baxtlik bo’lishi kerak.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/321“FARHOD VA SHIRIN” DOSTONINING TIMSOLLAR OLAMI2026-10-27T17:37:53+05:00Muqaddas Hayotbek-qizi ShavkatovaDilafruz Nabijon-qizi IrisboyevaMadina Doniyor-qizi Ro‘ziboyevaSarvinoz Diyorbek-qizi AbduraxmonovaMazkur maqolada Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni timsollar olami, obrazlar tizimi va ularning g‘oyaviy-badiiy vazifalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Dostondagi Farhod, Shirin, Xusrav, Mehinbonu, Shopur va boshqa obrazlarning xarakter xususiyatlari, o‘zaro munosabatlari hamda asarning asosiy g‘oyasini ochib berishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, tog‘, tosh, suv, mehnat va ishq bilan bog‘liq badiiy timsollarning ramziy mazmuni, ularning qahramonlar ruhiyati va voqealar rivoji bilan aloqasi o‘rganiladi.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/322MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA EMOTSIONAL INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI2026-10-27T17:40:06+05:00Nozimaxon Hayitali-qizi AbduxalilovaMaxliyoxon Ilxomjon-qizi UsmonovaMaftunaxon Dilmurod-qizi MirzaraximovaMashrabxon Shuxrat-qizi XakimovaMazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda emotsional intellektning shakllanishi va rivojlanishining psixologik xususiyatlari tahlil qilingan. Emotsional intellekt bolaning o‘z emotsiyalarini anglash, ularni nomlash va ifodalash, hissiy holatini boshqarish, boshqa insonlarning emotsiyalarini tushunish hamda empatik munosabat bildirish qobiliyatlari bilan bog‘liq murakkab psixologik hodisa sifatida yoritilgan.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/323MAKTAB O‘QUVCHILARIDA O‘QUV MOTIVATSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI2026-10-27T17:40:07+05:00Halimabonu Qodir-qizi IsroilovaSayyoraxon Mo‘minjon-qizi AshurovaSarvinoz Dilshodbek-qizi OdilovaNozimaxon Abdukarim-qizi AshuraliyevaMazkur maqolada maktab o‘quvchilarida o‘quv motivatsiyasini shakllantirish va rivojlantirishning psixologik omillari tahlil qilinadi. O‘quv motivatsiyasi o‘quvchining bilim olishga bo‘lgan qiziqishi, ta’lim jarayonidagi faolligi, o‘z oldiga maqsad qo‘yishi hamda o‘quv faoliyatida barqaror ishtirok etishini ta’minlovchi muhim psixologik mexanizm sifatida qaraladi. Tadqiqot doirasida motivatsiyaning ichki va tashqi shakllari, o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi, o‘z- o‘zini baholashi, muvaffaqiyatga intilishi, o‘qituvchi bilan munosabati, sinfdagi psixologik muhit va ota-onaning qo‘llab-quvvatlashi kabi omillarning o‘quv motivatsiyasiga ta’siri nazariy jihatdan tahlil qilindi.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/324IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALAR BILAN ISHLASHDA MAHALLA IJTIMOIY XODIMINING PSIXOLOGIK YONDASHUVI2026-10-27T17:40:09+05:00Munojat Nomonjanovna TojibayevaMazkur maqolada ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlashda mahalla ijtimoiy xodimining psixologik yondashuvining mazmuni va ahamiyati tahlil qilinadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarda moddiy qiyinchiliklar bilan bir qatorda psixologik zo‘riqish, ijtimoiy ajralish, o‘ziga ishonchning pasayishi, oilaviy nizolar, farzandlar tarbiyasidagi muammolar va kelajakka nisbatan xavotir kabi holatlar kuzatilishi mumkin. Shu sababli bunday oilalar bilan ishlashda faqat moddiy yoki ma’muriy yordam ko‘rsatish bilan cheklanmasdan, ularning psixologik ehtiyojlarini aniqlash va individual yondashuv asosida qo‘llab-quvvatlash muhim hisoblanadi.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/325ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARINING KASBIY STRESSINI KAMAYTIRISHDA PSIXOLOGIK TRENINGLARNING ROLI2026-10-27T17:40:10+05:00Muslimbek Erkinjon-o‘g‘li MaxmudovMuxammadjon Nayimjon-o‘g‘li YoqubjonovIbroximjon Bahodirjon-o‘g‘li ToyirjonovBoburbek Shuxratjon-o‘g‘li XakimovMazkur maqolada ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy stressini kamaytirishda psixologik treninglarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyati yuqori mas’uliyat, vaqt tanqisligi, xavfli va kutilmagan vaziyatlar, nizolar, fuqarolar bilan murakkab muloqot hamda doimiy emotsional zo‘riqish bilan bog‘liq. Bunday sharoitlar xodimlarda stress, emotsional charchoq, xavotir va psixologik zo‘riqishning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/326MAHALLADA OILAVIY MUNOSABATLARNI MUSTAHKAMLASHNING PSIXOLOGIK OMILLARI2026-10-27T17:40:12+05:00Omadoy Solijon-qizi SobirovaMamuraxon Abdukarimovna DexqonovaMuxayyoxon Yoqubjon-qizi MeliboyevaMadinabonu Ma’murjon-qizi DexqonovaMazkur maqolada mahalla muhitida oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga ta’sir etuvchi psixologik omillar tahlil qilinadi. Oilaning barqarorligi va sog‘lom psixologik muhitini ta’minlashda oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, ishonch, samarali muloqot, emotsional qo‘llab- quvvatlash, mas’uliyatni to‘g‘ri taqsimlash hamda nizolarni konstruktiv hal etish ko‘nikmalarining ahamiyati yoritiladi.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/327SPORT MAKTABI O‘QUVCHILARIDA DEVIANT XULQ-ATVORNING OLDINI OLISHDA SPORT FAOLIYATI VA IIB PROFILAKTIK HAMKORLIGINING PSIXOLOGIK ASOSLARI2026-10-27T17:40:14+05:00Siddiqjon Sodiqjon-o‘g‘li SulaymonovFeruzbek Muxiddin-o‘g‘li XosilovMuxriddin Mirzali-o‘g‘li AshuraliyevMazkur maqolada sport maktabi o‘quvchilarida deviant xulq-atvorning oldini olishda sport faoliyati va ichki ishlar organlari (IIB) bilan profilaktik hamkorlikning psixologik asoslari tahlil qilinadi. O‘smirlik davrida shaxsning ijtimoiy tajribasi, o‘zini anglash darajasi, tengdoshlar ta’siriga munosabati, emotsional barqarorligi va xulq-atvor me’yorlari faol shakllanishi sababli ushbu yosh davrida turli xil deviant xatti-harakatlarning yuzaga kelish xavfi ortishi mumkin.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/328OTA-ONA VA BOLA MUNOSABATLARINING MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR EMOTSIONAL HOLATIGA TA’SIRI2026-10-27T17:40:15+05:00Zaynabxon Nodirbek-qizi XamidovaMohiraxon Akram-qizi ErgashevaKomilabonu Murod-qizi MuxtorovaIrodaxon Nodir-qizi NosirovaMazkur maqolada ota-ona va bola munosabatlarining maktabgacha yoshdagi bolalar emotsional holatiga ta’siri psixologik jihatdan tahlil qilinadi. Maktabgacha yosh davri bolaning shaxsiyati, o‘z-o‘zini anglash jarayoni, emotsional reaksiyalari va ijtimoiy munosabatlari jadal shakllanadigan muhim rivojlanish bosqichi hisoblanadi. Ushbu davrda ota-onaning mehr- muhabbati, e’tibori, qo‘llab-quvvatlashi, tarbiyaviy talablari va bola bilan muloqot uslubi uning emotsional barqarorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/329MAKTAB O‘QUVCHILARIDA STRESSNI YENGISH STRATEGIYALARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI2026-10-27T17:40:17+05:00Madina Abdumutalovna AshurovaAbdushukur Aggoshox-o‘g‘li AxmadjonovMavludaxon Minojiddin-qizi KomilovaMexinbonu Ilxomjon-qizi KomilovaMazkur maqolada maktab o‘quvchilarida stressni yengish strategiyalarining psixologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Maktab davrida o‘quv yuklamasining ortishi, nazorat va imtihonlar, baholash, tengdoshlar bilan munosabatlar, o‘qituvchi va ota-onalarning talablari hamda shaxsiy muammolar o‘quvchilarda turli darajadagi stress holatlarini yuzaga keltirishi mumkin. Stressni yengish strategiyalari o‘quvchining qiyin vaziyatni qanday qabul qilishi, unga qanday munosabatda bo‘lishi va muammoni bartaraf etish uchun qanday psixologik hamda xulq-atvor usullaridan foydalanishini ifodalaydi.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/330SHAXSNING PSIXOLOGIK BARQARORLIGINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARI2026-10-27T17:40:19+05:00Maftuna Baxtiyor-qizi AzimovaMazkur maqolada shaxsning psixologik barqarorligini rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlari, ularning psixologik mohiyati va amaliy imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Psixologik barqarorlikning stressli vaziyatlarga moslashish, emotsional o‘zini o‘zi boshqarish, kognitiv qayta baholash, muammolarni hal etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va refleksiv faoliyat bilan bog‘liq jihatlari yoritilgan.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/331MAHALLADA NIZOLI OILALAR BILAN PSIXOLOGIK ISHLASHNING SAMARALI USULLARI2026-10-27T17:40:20+05:00Saidaxon Yusubjonovna JolilovaMazkur maqolada mahalla sharoitida nizoli oilalar bilan psixologik ishlashning samarali usullari tahlil qilinadi. Oilaviy nizolarning kelib chiqishiga ta’sir etuvchi psixologik va ijtimoiy omillar, jumladan, oila a’zolari o‘rtasidagi muloqotning buzilishi, o‘zaro ishonchning pasayishi, emotsional zo‘riqish, mas’uliyatning noto‘g‘ri taqsimlanishi, moddiy va maishiy muammolar hamda tarbiyaviy qarashlardagi farqlar yoritiladi.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/332MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA PSIXOLOGIK MUHITNING BOLANING RIVOJLANISHIGA TA’SIRI2026-10-27T17:40:22+05:00Dilnozaxon Abduvoxid-qizi MirvaliyevaGulnora Rasulovna MirzasharipovaMazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida shakllanadigan psixologik muhitning bolaning psixologik, emotsional, ijtimoiy va intellektual rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Maktabgacha yosh davrida bolaning shaxsiy sifatlari, bilish jarayonlari, muloqot ko‘nikmalari va emotsional barqarorligi faol shakllanishi sababli ta’lim-tarbiya muhitining mazmuni alohida ahamiyat kasb etadi.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/333O‘QUVCHILARDA STRESSNI YENGISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK USULLARI2026-10-27T17:41:40+05:00Gulbaxor Muxammadjon-qizi O‘rinboyevaDilshodaxon Abdumalik-qizi To‘xtasinovaAxrorbek Zokirjon-o‘g‘li OtaxonovKomilxon Qodirjon-o‘g‘li To‘lqinovO‘zbek tilida. Mazkur maqolada o‘quvchilarda stressni yengish ko‘nikmalarini shakllantirishning psixologik usullari, stressning o‘quv faoliyatiga ta’siri hamda psixologik yordam ko‘rsatish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, stressni kamaytirishda relaksatsiya, nafas mashqlari, ijobiy fikrlash va psixologik treninglarning ahamiyati ko‘rib chiqilgan.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/334YOSHLARNING IJTIMOIY MOSLASHUVIDA PSIXOLOGIK QO‘LLAB- QUVVATLASHNING O‘RNI2026-10-27T17:41:41+05:00Gulbaxor Axrorovna SaidjanovaMazkur maqolada yoshlarning ijtimoiy moslashuvi jarayonining psixologik xususiyatlari, unga ta’sir etuvchi individual va ijtimoiy omillar hamda psixologik qo‘llab- quvvatlashning ahamiyati yoritilgan. Yoshlarning yangi ijtimoiy muhitga moslashishi, shaxslararo munosabatlarni shakllantirishi, mustaqil qaror qabul qilishi va ijtimoiy faolligini rivojlantirishda oila, ta’lim muassasasi, tengdoshlar jamoasi va psixologik xizmatning o‘rni tahlil qilingan.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/335TALABALARDA EMOTSIONAL INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI2026-10-27T17:41:43+05:00Mohichehra SamandarovaMazkur maqolada talabalarda emotsional intellektni rivojlantirishning psixologik omillari, uning shaxs kamoloti, ijtimoiy moslashuv, samarali muloqot va o‘quv faoliyatidagi ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Emotsional intellekt tushunchasining mazmuni, hissiyotlarni anglash va boshqarish, empatiya, o‘zini o‘zi nazorat qilish, ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish kabi tarkibiy qismlari yoritilgan. Shuningdek, talabalarda emotsional intellektni rivojlantirishda o‘zini anglash, motivatsiya, refleksiya, ijtimoiy muhit, psixologik treninglar va pedagogik qo‘llab-quvvatlashning o‘rni asoslangan. Maqola yakunida oliy ta’lim muassasalarida emotsional intellektni rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/336O‘Z-O‘ZINI BAHOLASH VA HAYOTIY MUVAFFAQIYAT O‘RTASIDAGI PSIXOLOGIK BOG‘LIQLIK2026-10-27T17:41:45+05:00Muqaddam Muxtorjon-qizi SoliyevaMazkur maqolada o‘z-o‘zini baholashning psixologik mohiyati, uning shaxsning hayotiy muvaffaqiyatga erishishidagi o‘rni hamda o‘zini anglash, motivatsiya, o‘ziga ishonch va ijtimoiy munosabatlar bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilingan. Shuningdek, o‘z-o‘zini baholashning yuqori, past va adekvat shakllari, ularning insonning qaror qabul qilishi, qiyinchiliklarni yengib o‘tishi va shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishiga ta’siri yoritilgan. Shaxsda sog‘lom o‘z- o‘zini baholashni rivojlantirishga qaratilgan psixologik-pedagogik tavsiyalar ishlab chiqilgan.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/337IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ AHOLI QATLAMLARIDA PSIXOLOGIK BARQARORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARI2026-10-27T17:41:47+05:00Mo‘tabar Dilshodovna XasanovaUshbu maqolada ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarida psixologik barqarorlikni rivojlantirishning nazariy asoslari, psixologik va ijtimoiy omillari hamda zamonaviy mexanizmlari tahlil qilingan. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning murakkab hayotiy vaziyatlarga moslashishi, hissiy zo‘riqishlarni yengib o‘tishi, ijtimoiy munosabatlarni tiklashi va mustaqil hayot faoliyatini davom ettirishida psixologik barqarorlikning ahamiyati yoritilgan.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/338ILMIY-TEXNIK VA INTELLEKTUAL IQTISODIYOT SHAROITIDA OLIY TEXNIK TA’LIMNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI2026-10-27T17:41:48+05:00Ma’murjon Yangiboyevich Xo‘jjiyevmxojjiyev@bk.ruUshbu maqolada ilmiy-texnik va intellektual iqtisodiyot sharoitida oliy texnik ta’limning rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Maqolada texnologiyalar va raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi, yangi iqtisodiy sharoitda texnik kadrlarni tayyorlash, oliy ta’lim tizimining yangilanishi va ta’limning innovatsion iqtisodiyotga ta’siri haqida so‘z boradi. Yangi ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlar orqali texnik soha mutaxassislarining tayyorlanishi iqtisodiyotning global raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/339AMALIY LOYIHA: MUAYYAN FAN BO‘YICHA O‘QUV DASTURLARINI ISHLAB CHIQISH METODOLOGIYASI2026-10-27T17:41:50+05:00Zuhraxon Mansurjon-qizi NasibaliyevaShahnoza MamirovaUshbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida kompetensiyaviy yondashuv asosida muayyan fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amaliy loyihalash metodologiyasi tadqiq etiladi. Maqolada ADDIE, Backward Design (Teskari loyihalash) va Bloom taksonomiyasi kabi xalqaro metodologik modellar tahlil qilinib, ularni O‘zbekiston ta’lim tizimiga tatbiq etish bosqichlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida o‘quv dasturining sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan amaliy tavsiyalar hamda metodik freymvork ishlab chiqilgan.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/340IELTS TESTINING MAZMUNI, TUZILISHI, KOMPETENSIYAVIY TALABLARI VA MAVJUD TAYYORLOV METODIKALARINI TAKOMILLASHTIRISH ZARURATI2026-10-27T17:41:51+05:00Zarnigor Mirzayevamirzayevazarnigor054@gmail.comTezisda IELTS imtihonining mazmuni, tuzilishi va kompetensiyaviy talablari tahlil qilinib, asosiy e’tibor IELTS Academic yozma va og‘zaki nutq qismlarining baholash mezonlariga qaratiladi. Mavjud tayyorlov amaliyotida individual diagnostika, muntazam fikr- mulohaza va qayta ishlash bosqichlarini kuchaytirish zarurati asoslanadi. O‘qituvchi rahbarligida sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishning ehtimoliy metodik imkoniyatlari va cheklovlari ko‘rsatiladi.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/341TURKMANISTON MEHNAT HUQUQINING ASOSIY PRINSIPLARI2026-10-27T17:41:52+05:00Miryoqub Aktamovich RaximovMaqolada Turkmaniston mehnat huquqining asosiy prinsiplari, ularning milliy mehnat qonunchiligida mustahkamlanish xususiyatlari va huquqiy mazmuni tahlil qilingan. Turkmanistonda mehnat huquqi prinsiplari alohida tizimlashtirilgan ro‘yxat shaklida emas, balki bevosita amal qiluvchi huquqiy normalar mazmunida ifodalanganligi asoslantirilgan. Shuningdek, mehnat huquqi prinsiplarini normativ jihatdan tizimlashtirish va ularning zamonaviy mehnat munosabatlaridagi ahamiyatini oshirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan xulosalar shakllantirilgan.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026 https://confpro.uz/index.php/conference/article/view/342SUT VA SUT MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASH SANOATI KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNING ILMIY YONDASHUVLARI2026-10-27T17:41:55+05:00Charosxon Jurat-qizi Ataxanovacharoskhonatakhanova@gmail.comMaqolada sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash sanoati korxonalarida ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari ko‘rib chiqiladi. Tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, xomashyoning tez buziluvchanligi, mavsumiy taklif o‘zgarishlari hamda moddiy va energetik resurslarga talabning yuqoriligi samaradorlikni ta’minlashda muhim omillar sifatida yoritiladi. Dissertatsiyada bayon etilgan resurslarga asoslangan yondashuv, aylanma iqtisodiyot, tejamkor ishlab chiqarish, raqamli transformatsiya va tizimli-jarayonli yondashuvlarning mazmuni tahlil qilinadi. Ushbu yondashuvlarning sutni qayta ishlash korxonalarida xomashyo, moddiy-texnik, moliyaviy, mehnat va energetika resurslarini boshqarish bilan bog‘liqligi ochib beriladi.2026-10-27T00:00:00+05:00Copyright (c) 2026